Qisqacha tavsif

Tarkibi (1 ta sacheda):

Faol moddalari:

D-mannoza – 700 mg

Probiyotiklar aralashmasi – 70 mg:

(Laktobacillus rhamnosus, Laktobacillus lactis, Laktobacillus acidophilus, Streptococcus thermophilus)

Qorag‘at (klyukva) ekstrakti – 200 mg (Vaccinium macrocarpon)

Yordamchi moddalari: maltodekstrin, anhidroz dekstroza, malinali aromatizator, sukraloza, kremniy dioksidi.

Qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma
Batafsil tavsif

Qo‘llanilish sohasi:

Berrilakt – biologik faol qo‘shimcha bo‘lib, probiyotiklar, D-mannoza va klyukva ekstraktining noyob kombinatsiyasini o‘z ichiga oladi. Ushbu uchta faol komponent siydik chiqarish tizimining normal faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi, shuningdek, hazm qilish va immunitet tizimiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Siydik yo‘llari funksiyasini normallashtirishga yordam beradi.

Probiyotiklar aralashmasi – bu sut kislotali bakteriyalar (Laktobacillus rhamnosus, Laktobacillus lactis, Laktobacillus acidophilus, Streptococcus thermophilus) bo‘lib, ular zararli bakteriyalarga qarshi kurashadi, immun tizimining normal ishlashini ta’minlaydi, hazm qilish jarayonini yaxshilaydi va oziq moddalarni o‘zlashtirishga yordam beradi.

D-mannoza – organizmning tabiiy tozalanish jarayonida siydik yo‘llarining faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi va ularning mikroflora muvozanatini tiklaydi.

Klyukva (qorag‘at) – 88% suvdan iborat bo‘lib, murakkab organik kislotalar aralashmasini o‘z ichiga oladi. Antiadgeziyali (mikroblarning yopishishini oldini oluvchi), antimikrob va yallig‘lanishga qarshi xususiyatlarga ega. Turli xil mikroorganizmlarga qarshi bakteriyostatik ta’sir ko‘rsatadi.


Qo‘llash usuli va dozalari:

Kattalar va 14 yoshdan katta bolalar: kuniga 2 mahal 1 sachedan, 10 kun davomida.

Zarur bo‘lsa, dastlabki 4 kun davomida kuniga 4 sachegacha qabul qilish mumkin.

Kurs 1 oygacha uzaytirilishi mumkin (kuniga 1 sache).

Sache tarkibini 50–150 ml sovuq suvga solib, aralashtirib ichish kerak.

Tavsiya etilgan kundalik dozadan oshirmang.

Diabet bilan og‘rigan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llanishi kerak.

Brauzeringiz eskirgan, uni eng oxirgi versiyasiga yangilashni tavsiya qilamiz
yoki boshqa zamonaviy versiyasidan foydalaning.