LAKTOSPEY ENTERO

Qisqacha tavsif

Dori vositasining savdo nomi: Laktospey Entero
Faol modda (XPN): Ichak mikroflorasi tarkibiga kiruvchi eubiotik mikroorganizmlar kompleksi:

  • Bifidobacterium bifidum I

  • Bifidobacterium longum

  • Lactobacillus acidophilus

  • Lactobacillus fermentum

  • Lactobacillus plantarum

  • E.Coli M-17

  • Enterococcus faecium

Dori shakli: Kapsulalar

Tarkibi:
1 kapsula quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

- Jami kamida 100 million (10⁸) tirik probiotik mikroorganizmlar

  • Bifidobakteriyalar – kamida 10 million (10⁷)

  • Laktobakteriyalar – kamida 10⁷

  • Ichak tayoqchasi E.Coli M-17 – kamida 10⁷

  • Enterococcus faecium – kamida 10⁷


Qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma
Batafsil tavsif

Qo‘llash ko‘rsatmalari:
Laktospey Entero quyidagi holatlarda 3 yoshdan katta bolalar va kattalar uchun tavsiya etiladi:

  • Turli sababli disbakteriozlar, shu jumladan antibiotiklar va sulfanilamid preparatlari qo‘llangandan so‘ng

  • O‘tkir va surunkali gastroenterokolitlar

  • Ichak funksiyasi buzilishi yoki patogen/shartli patogen mikroorganizmlarning ajralishi

  • O‘tkir ichak kasalliklaridan keyingi tiklanish davri


Qo‘llash usuli va dozasi:
Laktospey Entero ichiga qabul qilish orqali, ovqatdan 20–30 daqiqa oldin, iliq qaynatilgan suv bilan .

  • Kattalar: kuniga 3–4 kapsula

  • 3 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar: kuniga 2 kapsula

Yosh bolalarga dori tayinlanganida: kapsulaning ichidagi kukun 1–2 choy qoshiq iliq qaynatilgan suvga eritilib, yaxshilab aralashtiriladi. Tayyor aralashma shirinlashtirilgan suv yoki salqin choy bilan ichiriladi.

Davolash muddati: kasallikning og‘irligiga, bemorning yoshiga qarab belgilanadi va odatda 2–4 haftani tashkil etadi.

Profilaktika uchun: yoshga qarab kuniga 1–2 kapsuladan, 5–10 kun davomida tavsiya etiladi.


Brauzeringiz eskirgan, uni eng oxirgi versiyasiga yangilashni tavsiya qilamiz
yoki boshqa zamonaviy versiyasidan foydalaning.