PARDIFEN KIDS

Qisqacha tavsif

Dori vositasining savdo nomi: Pardifen Kids

Faol moddalar (INN): parasetamol + ibuprofen

Dori shakli: ichkariga qabul qilish uchun suspenziya

Tarkibi:

Har 5 ml da:

Faol moddalar: parasetamol VR 162,5 mg, ibuprofen VR 100 mg;

Yordamchi moddalar: sakkaroza, metilgidroksibenzoat, propilgidroksibenzoat, ksantan gum, sorbitol eritmasi, polisorbat 80, karsmeloza natriy, povidon, natriy EDTA, sariq zang (Supra), apelsin efir moyi, saqich efiri, natriy sitrat, aspartam, atsesulfam kaliy, glitserin, kremniy dioksid kolloid, tozalangan suv.

Tavsif: apelsin rangli suspenziya, qattiq oynali shishalarda, oq plastik qopqoq bilan.


Sotib olish
Qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma
Batafsil tavsif

Qo‘llash ko‘rsatmalari:

6 oydan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llaniladi:

Quyidagi holatlarda og‘riq va isitma sindromlarini davolash uchun yordamchi dori sifatida:

  • sinusit;

  • tonzillit;

  • yuqori nafas yo‘llarining o'tkir infeksion yallig‘lanish kasalliklari (faringit, traxeit, laringit) va emlashdan keyingi reaktsiyalar;

  • turli etiologiyadagi yengil yoki o‘rtacha intensivlikdagi isitma va og‘riq sindromlari:

  • tish va bosh og‘rig‘i;

  • migren;

  • nevralgiya;

  • bog‘lamlarning cho‘zilishi sababli og‘riq;

  • chiqishlar, singan joylar.


Qo‘llash usuli va dozalari:

Dori ovqatdan keyin ichiladi.
Ishlatishdan oldin yaxshilab silkiting.
Aniq doza o‘lchash uchun shprits-dozator beriladi.

6 oydan 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar – kuniga 3 marta 2–2,5 ml, shifokor nazorati ostida.
2–3 yosh (10–15 kg) – kuniga 3 marta 5 ml.
4–6 yosh (16–21 kg) – kuniga 3–4 marta 7,5 ml.
7–9 yosh (22–26 kg) – kuniga 3 marta 10 ml.
10–11 yosh (27–32 kg) – kuniga 3 marta 12,5 ml.
12–14 yosh (33–43 kg) – kuniga 3 marta 15 ml.

Emlashdan keyingi isitma:
2,5 ml dori. Zarurat bo‘lsa, 8 soatdan keyin yana 2,5 ml. 24 soat ichida 5 ml dan ko‘p ishlatmang. Agar isitma davom etsa, shifokorga murojaat qiling.

6 oydan kichik bolalarda xavfsizlik va samaradorlik tekshirilmagan.
Davolash muddati: isitmani tushirish uchun 3 kundan ko‘p emas; og‘riqni kamaytirish uchun 5 kundan oshmasin.


Brauzeringiz eskirgan, uni eng oxirgi versiyasiga yangilashni tavsiya qilamiz
yoki boshqa zamonaviy versiyasidan foydalaning.