Qo‘llanilishi:
-
Suyak to‘qimalarining patologiyalari bilan bog‘liq simptomlarni oldini olish:
patologik sinishlar, umurtqa pog‘onasi siqilishi, suyaklarda jarrohlik aralashuvlari yoki nur terapiyasidan keyingi asoratlar, o‘simtaga bog‘liq giperkaltsemiya – bu holatlar suyaklarga metastaz beruvchi yomon sifatli o‘simtaga ega bemorlarda kuzatiladi.
-
Yomon sifatli o‘simtalar sababli yuzaga kelgan giperkaltsemiyani davolash
Qo‘llash usuli va dozalari:
Zoleost preparatini faqat tomir ichiga (vena orqali) yuborish bo‘yicha tajribaga ega bo‘lgan shifokor buyurishi va nazoratida qo‘llash lozim.
Yomon sifatli o‘simta bilan bog‘liq giperkaltsemiyani davolash:
-
Kattalar va keksalar:
Agar qonda kalsiy miqdori (albumin bilan korreksiya qilingan) ≥ 12 mg/dl yoki ≥ 3 mmol/l bo‘lsa, tavsiya etilgan doza 4 mg ni tashkil etadi.
-
Preparat yuborishdan oldin bemorning gidratatsiya (tana suyuqlik balans) holati baholanadi.
Infuziya faqat yetarli gidratatsiya sharoitida amalga oshiriladi.