Qisqacha tavsif

Tarkibi (har 10 ml da):
Faol moddalari:

·         Bromgeksin gidroxlorid BP – 4 mg

·         Salbutamol sulfat BP (salbutamolga ekvivalent) – 2 mg

·         Gvayfenezin BP – 100 mg

·         Mentol BP – 1 mg

Yordamchi moddalari: shakar, metilgidroksibenzoat, propilgidroksibenzoat, propilenglikol, ammiak xloridi, limon kislotasi (suvsiz), metilkarbinol, sariq “sunset yellow FCF” bo‘yog‘i (supra), malina esentsiyasi, aspartam, tozalangan suv.


Qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma
Batafsil tavsif

Qo‘llanilishi:

Bromesol og‘ir ajraladigan balg‘am bilan kechadigan o'tkir va surunkali bronxo-o‘pka kasalliklarini boshqa dorilar bilan birga davolashda qo‘llaniladi:

  • Bronxial astma

  • Trakeobronxit (traxeya va bronxlarning o'tkir yallig‘lanishi)

  • Obstruktiv bronxit (nafas yo‘llarida havo o‘tishini cheklovchi holat)

  • Pnevmoniya (o‘pka to‘qimasining yallig‘lanishi), qo‘zg‘atuvchisi aniqlanmagan

  • O‘pka emfizemasi (o‘pka to‘qimasida ortiqcha havo yig‘ilishi)

  • Ko‘kyo‘tal (spazmatik yo‘tal bilan kechuvchi o'tkir infeksiya)

  • Pnevmokoniaz (sanoat changini nafas orqali qabul qilish oqibatida yuzaga keladigan kasbiy o‘pka kasalligi)

  • Gistologik tekshiruv bilan tasdiqlangan o‘pka sil kasalligi

  • Gistologik yoki bakteriologik tasdiqsiz o‘pka sil kasalligi


Qo‘llash usuli va dozalari:

Qabul qilishdan oldin siropni yaxshilab chayqatish zarur.

  • Kattalar va 12 yoshdan katta bolalar: kuniga 3 mahal 10 ml

  • 6 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar: kuniga 3 mahal 5–10 ml

  • 2 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar: kuniga 3 mahal 2,5–5 ml

  • Yoki shifokor ko‘rsatmasiga binoan.

Davolash davomiyligi: 5–6 kun.


Brauzeringiz eskirgan, uni eng oxirgi versiyasiga yangilashni tavsiya qilamiz
yoki boshqa zamonaviy versiyasidan foydalaning.